Askarlar shod bo‘ldi

Date:

Ma’lumki, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash yurt posbonlarining zimmasidagi muqaddas vazifa hisoblanadi. Ular kunni tunga ulab, yozning jazirasi-yu, qishning ayozli kunlarida birdek o‘z postlarida sobit turib, yurtimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlashdek zaxmatli vazifani matonat bilan uddalashmoqda.
14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yurtimizda davom etayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida Surxondaryo viloyatida joylashgan “N” harbiy qismda muddatli harbiy xizmat oddiy askarlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda sho‘x kuy-qo‘shiqlar yangrab, harbiy xizmatchilarga xush kayfiyat ulashdi. “Jayxun” badiiy dastasining mohir sozandalari tomonidan ijro etilgan, yurtimiz osoyishtaligini madh etuvchi navolar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Husniddin HAKIMOV,
DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun