Yoshlar biznesiga e’tibor

Date:

Xabaringiz bor, 2023-yil 21-dekabrda Prezidentimizining “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga asosan Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyasi tomonidan Yoshlar sanoat zonalari bosh rejalariga asosan amalga oshiriladigan muhandislik-kommunikatsiya, qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, sanoat ipotekasi tizimini joriy etish hamda amalga oshirish bo‘yicha tegishli davlat idoralari faoliyati muvofiqlashtirib kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunda Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat zonasi va Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya, qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Qumqo‘rg‘on tumani “Bog‘aro”, Jarqo‘rg‘on tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi, Angor tumanidagi “Bahor” va Bandixon tumanidagi “Bektepa” mahallasida yoshlar sanoat zonalarida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Termiz shahri “Tinchlik” va Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan 86 nafar yosh tadbirkorga 92,6 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Ushbu mablag‘larning 80,9 milliardi barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlari va 11,7 milliard so‘m asbob-uskunalar xarid qilish uchun sarflangan.
Respublika ishchi guruhi va tijorat banklari vakillari tomonidan yosh tadbirkorlar bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilib, qaror doirasida yoshlar sanoat zonalarida biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun ishlab chiqilgan kredit mahsulotlari, jumladan, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish, auksion savdolariga chiqarilgan lotlarni kredit mablag‘lari hisobiga sotib olish va rasmiylashtirish, biznes rejalarini ishlab chiqish va boshqa masalalarda har tomonlama ko‘maklashib kelinmoqda.
Tijorat banklari tashabbuslari bilan mazkur qaror doirasida kredit mahsulotlari ishlab chiqishda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi hamda xalqaro moliya institutlarining xulosalari olindi. Bundan tashqari, respublika komissiyasi vakillari ishtirokida yoshlar sanoat zonalarida yosh tabirkorlar va mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda. Mazkur seminarlarda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlarga muhim maslahatlar, takliflar va tushunchalar berib borilmoqda.
Viloyatda Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo‘yicha muntazam ravishda targ‘ibot ishlari tashkil etib kelinmoqda. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan shahar va tumanlardagi yer maydonlari aniqlanib, qurilish ishlari hamda ushbu zonalarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yana shuni ham aytish lozim, mazkur qaror ijrosi bo‘yicha viloyat Markaziy banki tomonidan doimiy monitoring o‘rnatilgan.

Salohiddin CHORIYEV,
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun