Elektron nusxasi ham tan olinadi

Date:

Ba’zan bank yoki davlat idoralariga borib, fuqarolib pasportimiz yoki boshqa hujjatimiz yonimizda bo‘lmasa, ishimiz hal bo‘lmay, qaytib ketishimizga to‘g‘ri kelardi. Bu ortiqcha asabiylashish bilan birga, vaqtimizni olib, sarsongarchiligimizga ham sabab bo‘ladi.

Hukumat qarori bilan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan O‘zbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi (ID karta, nikoh va haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma va boshq.) hujjatlarning elektron nusxasi ham davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan majburiy tartibda qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab, «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Ma’lum qilinishicha, bunda my.gov.uzda ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O‘zbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi. Qaror ilovasiga ko‘ra, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida quyidagi hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Raqamli servislarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun