Jarimalar kamaytirilmoqda…

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur qonun loyihasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunga yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va o‘zgartirish tartiblari aks etmoqda. Qolaversa, aholining ko‘p sonli taklif va e’tirozlari inobatga olingan holda fuqarolar tomonidan turar joylariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda, ya’ni jarima miqdori kamaytirilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari belgilanishiga va bundan yer uchastkalari foydalanuvchilari, ijarachilari hamda mulkdorlari xabardor bo‘lishiga, yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, yer uchastkalaridan foydalanish jarayonida yer va shaharsozlik qonunchiligi o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlashga xizmat qiladi. E’tiborlisi, davlat yer va shaharsozlik kadastrlarini yuritish tartibini takomillashtirish hamda turar joyga bo‘lgan huquqini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik yengillashtirilishiga erishiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. MJtKning 681-moddasida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, fuqarolarga BHMning o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun