10 ming qadam yurgan rag‘batlantiriladi

Date:

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida piyoda yurgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus ilova ishlab chiqilib, kuniga 10 ming qadam yurganlar ma’lum miqdordagi haqni ham hisoblariga tushirib olishgandi. Uch yil oldin ana shunday loyiha imi-jimida bekor qilib yuborilganidan ham xabaringiz bor. Bu safar kuniga 10 ming qadam yurish bo‘yicha “yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar” davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma olishi, barcha voyaga yetgan a’zolari bunday natijaga erishgan oilalardan 14 tasi har yili lotereya orqali qimmatbaho sovrinlar ham yutib olishi mumkin.

O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025-yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda: bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilish;yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish; aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bog‘ yaratish hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.

Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025-yil 1-iyungacha ishga tushirilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun