Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim maskanlari va sog‘liq saqlash muassasalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Sherobod tumaniga tashrif buyurdi. Dastlab, Prezidentimizning joriy yil 7-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlariga asosan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, yoshlarga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha Agrosanoat texnikumida yo‘lga qo‘yilgan kurslar faoliyati bilan tanishildi.

Viloyat rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha ish beruvchilarning aniq talabnomalari asosida malakali kadrlar tayyorlash lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, tumandagi 6-sonli bog‘chada bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, oziq-ovqatlarning ratsion asosida berilishi o‘rganildi. Shuningdek, tuman hokimligida Maktabgacha ta’lim tizimi mutasaddilari ishtirokida bu borada o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Bog‘chalarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish, ovqatlanish ratsionini belgilangan me’yorlar asosida yo‘lga qo‘yish vazifalari topshirildi.

Tashrif yakunida tuman tibbiyot birlashmasida aholi salomatligini asrash, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish jarayonlari bilan tanishildi hamda bemorlarni davolash, kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun