Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Date:

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Odam qum zarralaridan paydo bo‘lganmi, maymunning rivojlangan, ongli verisyasimi, xullas farazlar ko‘p. Ammo Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topilgani ayni farazlarga chek qo‘yar…
Bu tur vakillari zamonaviy insondan g‘oyat katta bosh, past peshona va yirik tishlari bilan farq qilgan. Unga xitoy tilida “ulkan bosh” ma’nosini anglatuvchi “Ju lu” so‘zidan kelib chiqib, “Homo juluensis” nomi berildi.
Homo juluensis’ning bosh suyagi hajmi 1700-1800 kub santimetrga yetgan. Solishtiradigan bo‘lsak, zamonaviy voyaga yetgan Homo sapiens’ning bosh suyagi o‘rtacha 1350 kub santimetrni tashkil etadi, neandertal odamniki esa taxminan 1450 kub santimetr.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ular hozirgi Xitoy hududida 200 ming yil avval yashagan va ancha taraqqiy etgan: guruh bo‘lib ov qilishgan, qurol-yarog‘, asbob-uskunalar va kiyim-kechaklar yasashgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun