Daraxtlarni o‘stiruvchi gen kashf etildi

Date:

O‘zimiz yashayotgan dunyoni yashil makonga aylantirish uchun harakat qilayotgan, tashabbus ko‘rsatayotgan bir paytimizda, kimdir uzoq yillik daraxtlarni chopib, o‘tin sifatida foydalanayotgan, tabiatga suiqasd qilib, zarar yetkazayotgan bo‘ladi. Xolbuki, biz bugun ekkan nihollar qachon bo‘y cho‘zadi-yu, gurkirab yashnaydi. Bungacha qancha vaqt, qarov talab etilishini yaxshi bilamiz.
Illinoys universiteti hamda Ok-Rij milliy laboratoriyasi mutaxassislari teraklarda fotosintez samaradorligini oshirib, ularning o‘sishiga sababchi bo‘lgan genni kashf etishdi. Ilmiy tadqiqot natijalari Developmental Cell jurnalida e’lon qilindi.
“Booster” deya nomlangan bu gen fotosintez uchun javob beruvchi hujayra tuzilmalari — xloroplastlar bilan bog‘liq. U atmosferadan karbonat angidridni so‘rib, o‘simliklarning fotosintez faolligini tezlatuvchi oqsil miqdorini oshiradi.
Issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalarda “booster” geni ekspressiyasi oshirilgan teraklar boshqa teraklarga qaraganda 37 foiz balandroq o‘sdi. Dala sharoitidagi tajribalarda ham ushbu gen ekspressiyasi yuqori genotiplar biomassasining sezilarli oshishi bilan ajralib turdi.
“Booster” boshqa xil o‘simlik — arabidopsisda ham sinab ko‘rildi. Unda ham biomassa o‘sishi va urug‘dorlik oshdi, bu esa gendan boshqa o‘simliklarda ham foydalanish imkoniyatlari borligini ko‘rsatmoqda. loyiha rahbari, professor Stiven Byorjessning fikricha, bu hali birinchi qadamlar, agar kattaroq ko‘lamda natijalarga erishilsa, booster qishloq xo‘jaligi va bioenergetik o‘simliklar sohasida hosildorlikni oshirishda muhim omilga aylanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun