Avstriya investorlari Qiziriqda

Date:

Avstriya qishloq hoʻjaligi klasteri boshqaruvchi direktori Xermann Vizer, Avstriyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi iqtisodiy boʻlimi rahbari Rudolf Lukavski hamda “Bertsch” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakili Mansur Nurmatovlar Qiziriq tumanidagi qishloq xoʻjaligi sohasidagi chorvachilik va issiqxona xoʻjaliklari bilan tanishishdi.
Jumladan, birinchi manzil “SCT Cluster Greenhouse” MCHJ tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy issiqxona” bo‘ldi. Ushbu issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan tanishilib, MCHJ rahbari bilan suhbat olib borildi. Shundan so‘ng, “Fayzli Nodirbek” fermer xoʻjaligi tomonidan tashkil etilgan “Chorvachilik xoʻjaligi”ga yo‘l olindi. Xoʻjalikda 60 bosh Simmental zotli chorva mollarini borib koʻrishdi.
Mamlakatimiz hududlarida Avstriya kompaniyalari bilan chorvachilik, sut va goʻshtni qayta ishlash, zamonaviy agrofermalar tashkil qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan mehmonlar tashrif dasturida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari rahbariyati va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar hamda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “AgroExpo/AgroTech” koʻrgazmasida ishtirok etish koʻzda tutilgan.
Avstriya qishloq hoʻjaligi klasteri – qishloq hoʻjaligi (chorvachilik), oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari yoʻnalishida faoliyat yurituvchi 20 dan ziyod ilgʻor kompaniyalar va tashkilotlarni birlashtiruvchi uyushma hisoblanadi. Uyushma xalqaro loyihalarni amalga oshirishda boy tajribaga va soha boʻyicha hamkorlarning keng bazasiga ega. X. Vizer tumanimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, uni qayta ishlash, issiqxona va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun