Qizaloq onasiga qaytarildi

Date:

Bolani, hali yoshiga yetmagan go‘dakni onasisiz tasavvur eta olmaymiz. Hattoki, farzandimizni 2 yoki 3 yoshga qadar qarash, oq yuvib, oq tarash ham biz onalarning zimmamizdagi mas’uliyat va burchdir. Ba’zan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarda yoshiga to‘lmagan norasidalarni otalar ona tarbiyasidan majburan olib qo‘yish holatlari ham uchraydi. Yoki bundan boshqa sabab va ro‘kachlarni ham keltirishimiz mumkin.
Oltinsoy tumanida yashovchi Noila ismli ayol qiz farzandni dunyoga keltirib, o‘zining xohish istagiga qarshi o‘zga bir farzandsiz oila tarbiyasiga berib yuborishga majbur bo‘ladi. Yillar davomida farzandsiz bo‘lib yurgan oila vakillari taqdirning bergan ne’matidan shukronalar aytib, qizaloq farzandga bor mehrlarini ko‘rsatib ko‘z qorachig‘idek asraydi.
Oradan bir necha oylar o‘tib, Noila qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, bolani qaytarib olishga harakat qiladi. Vaziyat shu qadar chigal bo‘lib ketgan ediki, oxir oqibat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda atroflicha ko‘rib chiqilib, qonuniy to‘xtamga kelindi va bolani ona tarbiyasiga qaytarildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun