Forum taassurotlarga boy bo‘ldi

Date:

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktyabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki esa katta ahamiyatga ega.

Shu sababdan ham joylarda yoshlarga saylovning ahamiyati, saylov qonunchiligi haqida keng tushunchalar berish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari va turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagi manzili Sho’rchi tumani bo‘ldi. Tumanda tashkil etilgan “Yoshlar va saylov” forumi viloyat yoshlarini bir nuqtaga jamlay oldi.

Forumda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan qiziqarli viktorinalar o‘tkazildi, bu bilan bilimlar, mahoratlar sinaldi. Shuningdek 10 dan ortiq loyihalar barchaning e’tiborini tortib, yigit-qizlarni faollikka chorladi.

“Yosh saylovchi” viktorinasi ishtirokchilar bilimini oshirgan, saylov haqida tushunchaga ega bo‘lishga yordam bergan bo‘lsa, “Ibrat farzandlari” loyihasi til o‘rganishga qiziqqan yoshlarni bellashuvga chorladi. “Bilasizmi?” teleoʻyini va “Mutolaa” loyihasi ham bir olam taassurotlarga boy bo‘ldi.

Bir tomonda “Zakovat” intellektual oʻyinida bilimlar sinovi bo‘lgan bo‘lsa, “Besh tashabbus” musobaqalarida jismoniy imkoniyatlar namoyon bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, forum qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Asosiysi, yoshlar o‘tkazgan vaqtlariga achinishmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun