“BEK va LOLA”

Date:

Farzandlarimiz multfilm tomosha qilishni yoqtirishadi. Shunday ekan, ular tomosha qiladigan multfilmlar mazmunli, foydali, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Ana shundagina multfilmlardan ko‘zlangan maqsad o‘zini oqlagan bo‘ladi. Ko‘plab ijodkor va kreativ yoshlarning mehnat mahsuli Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tayyorlangan “Bek va Lola” animatsion multfilmi bog‘cha bolalarining sevimli qahramonlariga aylanib ulgurgani quvonchli hodisa bo‘ldi.


Ushbu animatsion multfilm viloyatimizning barcha MTTlarida faoliyat jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. Birgina misol, hozirda Termiz shahrida joylashgan 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar sevimli qahramonlari bilan mashg‘ulot olib bormoqdalar. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi milliy kontentni yanada rivojlantirib, kreativ g‘oyalar orqali bolalarga milliy qadriyatlar, ta’lim, sog‘lom hayot tarzi va vatanparvarlik kabi tushunchalarni o‘rgatishni o‘z ichiga olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...
KunTun
KunTun