G‘alla ekish boshlandi

Date:

Ro‘zg‘orimizda eng ko‘p un mahsulotidan foydalanamiz. Nondan tortib taomlarimiz-u shirinliklarimiz ham un bilan tayyorlanadi. Shuning uchun ham yurtimizda un mahsulotiga bo‘lgan talab yuqori. Talabni qondirish maqsadida nafaqat qo‘shni davlatlardan un sotib olamiz, balki o‘zimizda ham g‘alla ekib, un yetishtirishga katta e’tibor qaratamiz. Bobodehqonlarimiz ham o‘z navbatida, g‘alla ekish vaqtini kutib, fursatdan foydalanib qolishadi. Sababi, o‘z vaqtida qilingan agrotexnik tadbirlar mo‘l hosil garovidir.
Bandixon tumanida ham g‘alla ekish ishlari boshlab yuborildi. Tumanning Paxtakor hududidagi “Omad” va Zafarobod hududidagi “Sattor” fermer xo‘jaliklarida mehnatkash fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan g‘alla ekinlari ekilib boshlandi. “Omad” fermer xo‘jaligi 30 gektar, “Sattor” fermer xo‘jaligi 32 gektar yer maydoniga g‘alla ekish ishlarini bajarmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...
KunTun
KunTun