678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Date:

Denov tumani “Yoshlik” mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri 76 mm. bo‘lgan 19,4 km. ichimlik suv quvurlari yetkazib berildi. Bu tashabbus tufayli qishloqning 678 nafar aholisi, 103 ta xonadon, shuningdek, 1 ta maktab va 1 ta qishloq vrachlik punkti qariyib 50 yildan so‘ng toza ichimlik suviga ega bo‘ldi.

Avval qishloq aholisi suvni 7-12 kilometr uzoqlikdan maxsus texnika yordamida olib kelardi. Olib kelingan bir mashina (3,5 m³) suvning narxi 300-350 ming so‘mni tashkil etardi. Mavjud tabiiy buloqdan suv olish uchun 2 ta kaptaj qurilib, quvurlar o‘rnatildi. Denov tumani suv ta’minot bo‘limi mutaxassislari va qishloq aholisidan ko‘ngilli vakillar ishtirokida qurilish ishlari yakunlandi.

Davlat rahbari tomonidan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar aholi salomatligi va turmush darajasini oshirishga qaratilgan, chunki toza ichimlik suvi mavjudligi insonlar sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning hayotidagi bir qator qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Hukumat suv ta’minoti infratuzilmasini yangilash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunda quvurlar tarmog‘i yangilanayotgani, yangi suv manbalaridan foydalanish kabi chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, respublikamizning chekka hududlarida yashovchi aholini toza suv bilan ta’minlash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun