“Surxon” “Paxtakor”ni mag‘lub etdi

Date:

Sportda erishayotgan yutuqlarimiz munosib nomzodlarning saralanib, mehnt-u mashaqqat o‘z mevasini berayotganini ko‘rsatadi. Tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikning o‘rni ham, vaqti ham o‘tdi. G‘oliblik shohsupasiga chiqayotganlar halol yo‘l bilan, o‘z kuchi bilan ko‘tarilayotgani ayni haqiqat. Endi sportning barcha turida muvaffaqiyatga erishishimiz turgan gap. Shunday bo‘lmoqda ham.
Buni futbol sport o‘yini misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, “Surxon” futbol klubining harakat tahsinga sazovor, e’tiborga loyiq hodisa bo‘lmoqda. O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda “Surxon” kutilmaganda “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozondi. Natijada, Termiz klubi ochkolarini 25 taga yetkazib, 5-pog‘onaga ko‘tarildi.
E’tiborlisi “Surxon” klubi ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alabaga erishmoqda. Barakalla, Surxon o‘g‘lonlari!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun