Kubok g‘oliblari aniqlandi

Date:

Tez-tez tashkil etilib kelinayotgan sport musobaqalari yoshlarni sport turlariga qiziqtirish bilan birga, sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilishga, jismonan chiniqtirib, vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. Qolaversa, munosib rag‘batlantirilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, o‘z oldiga katta-katta maqsadlar qo‘yib odimlashga kuch beradi. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, uning tuman-shahar bo‘limlari xodimlari va maktab direktorlari o‘rtasida “Boshqarma boshlig‘i kubogi” uchun sportning mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa ham ana shunday muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, ajab emas.
Termiz shahrida ushbu bahslarning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Umumiy 16 ta jamoa orasidan Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod va Oltinsoy tumanlari jamoalari finalda bahslashdilar. Shiddatli va qizg‘in kechgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, yakunda faxrli birinchi o‘rin va kubokni Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. Muzrabot tumani jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oltinsoyliklar uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qadriyatlar qadr topgan kun

Yurtimizda qadimdan keng nishonlanib kelayotgan Navro‘z – bahor va...

Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy...

Navro‘z sayllari xalqona shodiyonaga aylandi

Sho‘rchi tumanida qadimiy va umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z keng...

Insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Yordam...
KunTun
KunTun