Vazir Surxondaryoda

Date:

Ta’lim-tarbiya masalasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning doimiy e’tibor markazida. Shu sababdan ham respublikamiz bo‘ylab doimiy ijodiy safarda bo‘lib, hududlardagi ta’limga e’tibor bilan qiziqadi. Sohani yaxshilashga, yoshlarni yanada bilim-salohiyatli bo‘lib yetishishiga jon jahdi bilan harakat qilib keladi. Bu galgi tashrif manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi va ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishni boshladi.
Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi. Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.
Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi. Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun