Hokim yordamchisining ko‘magi bilan

Date:

Sho‘rchi tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Xolmirza Qosimov tomorqasining 4,5 sotixiga tashkil qilingan issiqxonasiga karam ko‘chatlarini ekkan. Ushbu mahallaning har ikki xonadonning birida ana shunday issiqxona bor. Bu mahalla ahlining asl daromadi ekin-tikindan ekanidan dalolat. Shu bilan birga chorvachilik, hunarmandchilik bilan o‘zlarini band etishgan. Mana shunday tadbirli mahalla ahli hokim yordamchisining ko‘magi bilan subsidiya yoki imtiyozli kredit olib, o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishgan.
Mahallada hunarmadchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Sherzod Choriyev faoliyatini kengaytirish maqsadida 100 milion so‘m kredit olib, 3 ta yangi ish o‘rni tashkil qildi. Albatta, yangilikka intilish, oilalar farovonligini ta’minlash, yoshlarning kasbu hunar egallashi yo‘lida tinim bilmay izlanayotgan mas’ullar harakati tahsinga sazovor.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun