“Yuksalish” harakati Latviya bilan hamkorlikda…

Date:

Latviya tashki ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha maqsadi – mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini kuchaytirish, iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilish va ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etishdir.
Joriy yilning 10-14-iyun kunlari loyiha doirasida harakat xodimlari, Buxoro viloyati hokimligi mutaxassislari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi vakillari hamda loyiha ekspertlaridan iborat bo‘lgan delegatsiya Latviya Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.


Tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsad Latviya Respublikasining iqlim o‘zgarishi xodisalari va uning salbiy oqibatlarini o‘rganish bo‘lib, iqlim o‘zgarishining oldini olish va unga moslashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini o‘rganish va yurtimizda tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida delegatsiya Latviya Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vaziriligi, Iqlim va energetika vazirligi, Mahalliy hokimiyatlar assotsiatsiyasi, Yelgava Dumasi va boshqa tashkilotlari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha qator kelishuvlar amalga oshirildi.

Gulmira AMIROVA,
“Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘limi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun