NOHAQLIK…

Date:

Hayotimiz tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat yaralibdiki, tabiat uning eng yaqin hamrohi, do‘sti bo‘lib kelganligini inkor qilib bo‘lmaydi. Masalan, suv va havo nafaqat inson, balki butun jonli mavjudotlar yashashi uchun eng muhim bo‘lgan tabiat unsurlaridir. Ammo, bugun insoniyat o‘zining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tabiatga ijobiy va salbiy ta’sirlar ko‘rsatmoqda. Yer yuzida aholi soni ko‘payib, fan va texnika rivojlanib borgani sari insonning tabiatga ta’siri kuchayib bormoqda. Insonlar tabiatdan tobora ko‘p mahsulotlar olayotgani bois, tabiat boyliklari kamayishi kuzatilmoqda. Shuningdek, inson faoliyati atrof-muhit ifloslanishiga va turli ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgani ham sir emas. Buning natijasda tabiatdagi muvozanat buzilishi tabiiy hol. Yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘rmondagi daraxtlarni keragidan ortiq kesilishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi, cho‘llarning o‘zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi, haqiqatan ham bularning barchasi insonlar tomonidan tabiat va uning boyliklariga nisbatan nohaqlikdir.
Xo‘sh, biz bugun bu kabi salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotganimizni anglab yetish yoki tabiatga yetkazayotgan talafotlarimizning oldini olishda nimalar qilyapmiz? Bu borada o‘ylab, mushohada qilsak, foydadan holi bo‘lmasdi.

Orifa Abduvahobova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun