Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish muhim…

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Jamoatchilik nazoratining holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


Ma’lumki, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Viloyat Adliya boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda 2024-yil 1-iyun holatida 603 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ular tomonidan joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 30 ga yaqin jamoatchilik tadbirlari amalga oshirilgan. Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish, mahallada turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish muhim. Davra suhbati davomida ayni masalalrda so‘z yuritildi.


Albatta, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy tarmoq va davlat dasturlarini ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish, ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va aniqlangan kamchilliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.
Tadbir yakunida soha vakillari oldiga jamoatchilik nazoratiga qo‘yilayotgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirshdi.

Dinara Qo‘zimurotova,
Tohir Aliqulov
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun