Yutuqlarimizning muallifi oʻzimiz

Date:

Har doim ham muavaffaqiyatga erishgan insonlarning fikri, faoliyat yo‘li biz uchun qiziq va kelgusi hayotimizda motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi aniq. Yoshlarga ana shunday kayfiyat berish maqsadida Termiz davlat universitetida MFaktor loyihasi asoschisi hamda Jalinga Global kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Hasan Mamаsaidov ishtirokida universitetning yosh liderlari, kelajak rahbarlari — talabalar uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.


Rektor Abduqodir Toshqulov ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuvni ochib berar ekan, bu zalda boʻladigan suhbat bugun 70 foiz ishtirokchining hayot yoʻllarini keskin oʻzgartirib yuborishiga ishonch bildirdi.
Tajribali tadbirkor, spiker ustoz talabalarga muvaffaqiyat va liderikka erish sirlarini oʻzining hayoti davomida erishgan yutuq va ba’zi qiyinchiliklari misolida soʻzlab berdi. Tadbirkor suhbat davomida biznesdagi ilk qadamlari, oilaviy tadbirkorlikning turli jihatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.
— Hayotimizda 4 ta asosiy resurs muhim oʻrin tutadi: bular — baxt, energiya, pulga boʻlgan ehtiyoj va hurmat-izzat, — deydi nutqi davomida H.Mamasaidov.
Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun