Termiz tumanida yangi bog‘lar tashkil etiladi

Date:

Har bir loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi jamiyat rivoji va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Ayni maqsadda prezidentimizning tegishli qarori bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida bog‘bonlar, dehqon xo‘jaliklariga yaratilgan imkoniyat va berilgan imtiyozlar talaygina. Bundan foydalanayotgan bog‘bonlar ishi bilan tanishish maqsadida Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov va viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov “Yangiobod” mahallasida bo‘lishdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ish boshlash istagida bo‘lgan yoshlar tumanda mavjud bo‘sh yer maydonlari bilan tanishtirilib, auksion orqali yer maydonlarini olgan holda bog‘dorchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, tumanning “Yangiobod” mahallasidagi 88 gektar maydonda bog‘dorchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimot qilindi. Unga ko‘ra umumiy qiymati 5 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish, yillik 5 ming tonna mahsulot yetishtirish hamda 1 million dollarlik mahsulotlar eksportini amalga oshirish reja qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun