Pedagog xodimlar faoliyatini baholanadi

Date:

Ishda unum bo‘lishi, yuqori natijaga erishish uchun har bir xodim mas’uliyatni his etishi lozim. Qolaversa, kasbiy mahoratni oshirishi, bilim va tajriba ham muhim ahamiyat kasb etadi. Rag‘bat va baho esa yanada ruhlantiradi. Umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hamda o‘qituvchilar bilim-malakasini yanada oshirib borish maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Termiz Davlat universiteti bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari rahbarlari va pedagog xodimlari faoliyatini baholash tizimi (KPI) ishlab chiqilmoqda.
Termiz davlat universitetining axborot-texnologiyalari fakultetida Termiz shahridagi maktablarning direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda yangi tizim bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimot qilindi. Loyihaning maqsadi va mazmuni yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi. Taqdimot davomida ishtirokchilar loyiha bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun