Eski mavzuga qaytib…

Date:

Har qanday muammoni pul bilan, turli qing‘irliklar bilan hal etishga o‘rganib qolganlar afsuski topiladi. Taklif etilgan poraning bahridan o‘ta olmagan nafsini quliga aylanadi. G‘isht qolipdan ko‘chganda esa attang deyishdan foyda yo‘q. Siyqasi chiqqan mavzuga qayta va qayta qaytsak-da, korrupsiyaning tag-tomiri bilan qo‘porib tashlashimiz lozim. Aks holda jamiyat parokandalikka yuz tutadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyat boshqarma boshligʻi X.Normamatov rahbarligida Sariosiyo tuman boʻlimi xodimlari ishtirokida ayni mavzuga bag‘ishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish maqsadida barcha mas’ul xodimlar ogohlik va hushyorlikka chaqirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun