Memorandum imzolandi

Date:

Yoshlarning taqdiriga befarq emasmiz. Shu sababdan ham ularning ta’lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qayg‘uramiz. Yot g‘oyalar, illatlar ta’siridan asraymiz. Yosh nihollarning qiya o‘sishiga yo‘l qo‘ymaymiz, balki baravj o‘sishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ayniqsa, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, iqtidor va salohiyatlarini ishga solib, kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi nafaqat ularning o‘zi, balki elu xalq, davlat uchun ham manfaatli. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan ta’mirlash batalyoni va Jarqo‘rg‘on tumanidagi kasb-hunar maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Tomonlar normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda, o‘z me’yoriy hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirilishini ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni hisobga olib, aniq va manzilli vazifalar to‘g‘risida kelishib oldi. Mazkur tadbirda harbiy qism komandiri, podpolkovnik Fazliddin Shomurodov so‘z olib, yoshlar bilan ishlar hozirgi davrdagi eng muhim masalalardan biri ekanligi, bunda davlat organlari, ayniqsa, mahalalarning o‘rniga alohida urg‘u berib o‘tdi.
Imzolangan mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kasb-hunarga o‘rgatish, turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishdan iboratdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun