Dardiga darmon bo‘lib…

Date:

Bola betob bo‘lsa, butun borliq ota-onaning ko‘ziga qorong‘i ko‘rinadi. Farzandining birgina kulgusi, tuzalayotganini ko‘rishdan ortiq xursandchilik bo‘lmasa kerak. Dori-darmon vositalari, muolajaa jarayonidan qo‘rqqan bolajonlar esa injiqlik qilishdan nariga o‘tmasligi ham bor gap. Ammo, Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti talabalari viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlar uchun kutilmagan tuhfa hozirlashdi.
Talaba-yoshlar ertak va multfilm qahramonlari, sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurishdi. Tibbiyot markazida bir zumda bayram shukuhi hukmron bo‘ldi. Sho‘x-shodon o‘yin-kulgular bolajonlar yuziga quvonch ulashdi. Ayniqsa, she’r, qo‘shiq aytgan bolalarga kitoblar, o‘yinchoqlar ulashildi.
Aytishadi-ku, eng birinchi davo shirin so‘z deya. Yoshlar ulashgan quvonch esa bemor bolajonlarning kayfiyatini ko‘tarib, yuz-ko‘zlariga tabassum yugurtirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun