G‘oliblik sari ildamlab

Date:

Kurash sport turiga qatnaydiganlarning yuragida o‘ti bo‘ladi. Ular maydonga tushib, bilagidagi kuchni ko‘rsatish bilan yurakdagi o‘tni so‘ndiradilar. Kurashchi qiz bola bo‘ladimi, o‘g‘il bola, albatta, mardi maydon bo‘lmog‘i lozim. Termiz shahrida tashkil etilgan Kurash bo‘yicha viloyat chempionati ana shunday polvonlarni kurashga chorladi. Musobaqa 2009-2010-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smir va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
O‘smir yoshlarning kurashuvini kuzatish har bir tomoshabinga zavq-shavq bag‘ishladi. Kurash ixlosmandlari polvonlarni xayqirig‘u qarsaklari bilan qo‘llab turdilar. Qo‘llovdan ruhlangan polvonlar g‘oliblik sari ildamlab, raqiblarining kuragini yerga tekkazdilar. Musobaqada Oltinsoy tumani sport maktabi sportchi o‘quvchilari +63 kilogramm vaznda Dilnoza Jo‘rayeva, 52 kilogramm vaznda Durdona Mengnoravalar 1-o‘rinni egallashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun