Qishda ham qulupnay pishdi

Date:

Meva va rizavor ekinlarning foydasini juda yaxshi bilamiz. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida immunitetimiz uchun ular koni foyda, qolaversa, zaruratga aylanadi. Talabga yarasha taklif degandek, sho‘rchilik dehqon va mirishkorlar issiqxonada buning-da uddasidan chiqishdi. Qulupnay yetishtirib, bozorlarga yangilik sifatida olib chiqishganida, zumda o‘z xaridorini topib ketgani fikrimizga isbot bo‘la oladi.
Tumanning “Obodon” mahallasida yashovchi Ro‘ziboy Abdunazarov 4 sotix tomorqasida issiqxona tashkil qilib, qulupnay yetishtirmoqda.
— Yoz faslida migratsiyadan qaytib kelib, imtiyozli kredit oldim, — deydi Ro‘ziboy Abdunazarov. — Sentyabr oyida 1200 tup qulupnay ko‘chatlari ekkandim. Dekabr oyining boshidan buyon qulupnaylarimiz hosilga kirgan. Shu bugungacha olti terimda 15-20 kg qulupnay terib bozor rastalariga peshma-pesh olib chiqyapman. Har besh kunda 5-6 kilogramm qulupnayni 100-150 ming so‘mdan sotyapman. Eng muhimi, o‘zga davlatlardan topadigan mablag‘ni oilam, farzandlarim davrasida turib topayapman.
“Kushon” mahallasida yashovchi Rustam Rahimov tumandoshi Ro‘ziboy akadan aslo qolishmay, tomorqasining 1,5 sotixiga gidroponika usulida issiqxona qilib, qulupnay yetishtirmoqda. Koreya texnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish sirlarini o‘rganib, gidroponika usulida qulupnay yetishtirishni maqsad qilgan qahramonimiz bugungi kunda ikki qavatda 2 ming tup qulupnay ko‘chatini parvarishlayapti. Hozirda qulupnaylari hosilga kirgan bo‘lib, kunda, kunora bozorga chiqarib sotishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun