Yangi yilda yangicha tashabbus bilan: “Ma’naviyat jarchilari”ga aylanamiz!

Date:

Rus tarixchisi Shobelev aytganidek, “Millatni yo‘q qilish uchun u yerga qurol ko‘tarib borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo‘q qilish kerak. Shunda millatning o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi”.
Darhaqiqat, dunyodagi barcha kuch va vositalardan, texnika va texnologiyalardan-da, qudratli vositalar borki — bu shubhasiz til, din, ma’naviyat, adabiyotdir. Bordiyu bularga darz ketadigan, putur yetadigan bo‘lsa, butun boshli millat va elatlar, katta-katta davlatlar tarix sahnidan tamomila o‘chib, yo‘qlikka mahkum etilishi mumkin.
Bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olmoqdaki, ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda. Ana shunday vaziyatda ma’naviyatni mustahkamlash, millat ruhini ko‘tarish, milliy tilni bilish darajasini oshirish ustuvor vazifa sifatida maydonga chiqadi.
Davlatimiz rahbarining Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tazishdan ko‘zlangan asosiy masala ham ayni shunda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ma’naviyat, madaniyat, sa’nat sohasiga, ayniqsa, bu borada viloyatimizga juda katta e’tibor qaratilib, “Ma’naviyat sektori” joriy etilgani kelgusida sohada yangicha ma’naviy drayver yaratilishini belgilab berdi, desam adashmagan bo‘laman.
Bu kabi ulkan tashabbuslar ma’naviyat sohasida faoliyat olib borayotganim uchun meni ham to‘lqinlantirib yubordi. Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingan ushbu yig‘ilishda, ilgari surilgan muhim taklif va tashabbuslar negizida mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni tayyorlashdek mas’uliyatli vazifalarni sohada faoliyat olib borayotgan ma’naviyat darg‘alari oldiga qo‘ygani ahamiyatli.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlashda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganligi ham ma’naviyatda yangi qadam bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ko‘p ming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berilishi va shu bilan birga, har yili eng yaxshi badiiy asarlar yaratish, tarjima qilish uchun ijodiy buyurtmalar berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi to‘lanishi belgilanishi ham ma’naviy soha jonkuyarlari uchun juda keng imkoniyatlarga eshik ochdi.
Prezidentimizning ziyolilarimizni tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahamlashda yanada faol bo‘lishga, o‘zlarining ma’naviy fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishga chaqiriqlariga har birimiz labbay deb javob berishimiz, faoliyatimiz davomida ma’naviy savodxonlikni yuksaltirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, shuningdek, tilni asrash va uning maqomini yuksakka ko‘tarishda, diniy bag‘rikenglik, milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tibor, madaniy merosimizni keng targ‘ib qilishda “Surxon tongi” gazetasi sahifalarida berib boriladigan o‘qimishli maqolalarimiz bilan har bir xonadonga, har bir dilga ma’naviyat ulashishdek ezgu ishga hissa qo‘shishimiz, bevosita “ma’naviyat jarchisi” bo‘lishimiz shart va zarur deb bilaman. Zero, millatni asramoqchi, dovrug‘ini dunyoga yoymoqchi ekanmiz, eng avvalo, ma’naviy drayver yaratmog‘imiz kerak. Ushbu drayverda biz jurnalistlarning ham o‘z o‘rnimiz va rolimiz bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, nazarimda.

Adolat MO‘MINOVA,
jurnalist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun