Yangi O‘zbekiston bog‘i qurilishiga start berildi

Date:

Allaqachon qish fasli boshlanib, ob-havo anchayin sovuganiga qaramay, yerga nihol qadab, bog‘ barpo etishdek ezgu ishlar hali to‘xtagani yo‘q. ana shunday ishlarning davomi sifatida Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida ikki yirik loyiha — “Yangi O‘zbekiston” massivi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir muddat oldin “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berilgan edi va hozirda turar joylar qurilishi olib borilmoqda.
Hududdagi ikkinchi yirik loyiha — “Yangi O‘zbekiston” bog‘i qurilishiga start berildi. Umumiy maydoni 27 gektar bo‘lgan bog‘ning tamal toshini Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qo‘yib berdi. Shuningdek, viloyat rahbari hududda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishib, mas’ullarning axborotini tingladi hamda har ikkala loyihani belgilangan muddatlarda, sifatli amalga oshirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
Xayrli ish oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi va boshlangan loyihalar rivojini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun