16 kun aksiyasi munosabati bilan…

Date:

Hozirgi kunda dunyoda inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion g‘oyalar, yuqori texnologiyalar shiddatli va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori hisoblanadi. Jahonning tobora ko‘proq mamlakatlari axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan, “axborotlashgan jamiyat”, “bilimlar iqtisodiyoti”, “raqamli iqtisodiyot” bunyod etishga qaratilgan rivojlanish modelini tanlayotgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va “Taskin” Denov tumani xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish markazi bilan birgalikda “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” 16 kun aksiyasi munosabati bilan Denov tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazida “O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlari” (BRM) to‘g‘risida fuqarolik institutlari rahbar-xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.


Ishtirokchilar O‘zbekiston 192 mamlakat bilan bir qatorda BMTning: «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish kun tartibi dasturi»ni amalga oshirishda o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida»gi asosiy tamoyil xalq farovonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishida o‘zlarining mas’uliyatini yanada chuqurroq his qilishganini bildirishdi.
Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun