Viloyat bosqichi Bandixonda

Date:

Sportning hayotimizdagi o‘rni nihoyatda katta. Sog‘lom, tetik bo‘lish bilan birga muvaffaqiyatga ham eltadi. Ayni shu sababdan ham barchani sport bilan shug‘ullanishga targ‘ib etamiz, tavsiya etamiz. Yurtimizda bu borada esa salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etish o‘rinlidir.
Ayni ishlarning davomi sifatida Bandixon tumani Bandixon mahallasida joylashgan sport maktabida sportning kikboksing turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘tarinki ruhda boshlangan bellashuvda sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tilandi. Shundan so‘ng, o‘z vazn toifalari bo‘yicha ishtirokchilar birinma-ketin maydonga tushdilar. Bellashuv qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tmoqda. Raqiblar bor imkoniyatlarini ishga solib, o‘z foydasiga ochkolarni yozishayotir. Hakamlar hay’ati ham jarayonni kuzatib, musobaqani shaffof va adolatli o‘tishi uchun bor diqqatlarini ishga solgan.
Kikboksing turi bo‘yicha kurashlar davom etmoqda.

Oldingi sahifaTadbirkor – elga madadkor
Keyingi sahifaOMAD

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shaloq zafar

Termizlik parasuzuvchi Asilbek Baykeldiyev Prezident olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli...

XAVFSIZLIK KO‘NIKMALARI AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANDI

Termiz davlat universitetining 8-sonli talabalar turar joyida shahar Favqulodda...

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...
KunTun
KunTun