“Rokirovka” turnirining 39-turida

Date:

Shaxmat sport turi aqlni chiniqtirishi bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. O‘ylaysiz, fikrlaysiz, har bir yurish raqibni mot qilishga qaratilgan bo‘ladi. Yurtimizda esa shaxmat o‘yini ommalashganining negizida ham yoshlar tafakkurini o‘stirish maqsadi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risiga”gi qaroriga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bilan Muzarabot pedagogika kolleji hamkorligida Surxondaryo viloyati bo‘yicha “Rokirovka” turnirining 39-turi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Muzrabot tuman hokimi Abdurashit Ismailov ishtirok etib, jarayonni kuzatdi. Yakunda esa g‘olib va ishtirokchilarni qutladi. Shu bilan birga. “Maftunkor ranglar jilosi” V Respublika shaxmat musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan O‘ralbek Normo‘minov ham tuman hokimi tomonidan munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun