9 oyda 6714 ta murojaat

Date:

Jamiyatda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish adliya organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biridir. Sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi esa aholiga nechog‘lik yordam berilganini ko‘rsatadi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda boshqarma oldida turgan muhim vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar hamda keng jaoatchilik vakillari ishtirok etdi.


E’tirof etish o‘rinliki, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 6 714 ta murojaatning 6 017 tasi hal etilib, shundan 3 024 tasi yoki 51 foizi qanoatlantirilgan. 2 992 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 275 tasi ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborilgan. Shuningdek, “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 571 ta murojaatning 542 tasi hal etilib, shundan 437 tasiga huquqiy tushuntirish, 6 tasi vakolatli organga yuborilgan bo‘lsa, 116 tasi qanoatlantirilgan. Matbuot anjumaniga so‘zga chiqqan Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hotamov statistic ma’lumotlarni ochiqlash bilan birga, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish, DXM va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha to‘xtaldi.
Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan mana shunday matbuot anjumanlari tez-tez tashkil etilib, adliya organlari va jurnalistlar o‘zaro hamkorlikda ishlaydigan bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun