“Intellekt” jamoasi g‘olib

Date:

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, o‘z iqtidor va bilimlarni kashf etishlari uchun turli loyihalar, tanlov va tadbirlar uyushtiriladi. Bu o‘z sohasiga, tanlagan yo‘lini davom ettirishga qiziqish uyg‘otish bilan birga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga daxldorlik tuyg‘usini ham mustahkamlaydi. Shu maqsadda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida Idrok intellektual o‘yinlari tashkil etilib kelinadi. Surxondaryo viloyatida ham ushbu o‘yinlarning hududiy bosqichiga start berildi.
Idrok intellektual o‘yinining tasdiqlangan nizomiga muvofiq Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 6 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan intellektual o‘yinda o‘quvchilarning umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra “Intellekt” jamoasi respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...

Ishlar jadal tus olgan

Angor tumanining “Guliston” mahallasi hududidan tuman markaziga olib kiruvchi...

Qurilish yakuniy bosqichda

Muzrabot tumanidagi “Xalq yo‘li” mahallasida 90 o‘ringa mo‘ljallangan sendvich...

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...
KunTun
KunTun