“Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni”

Date:

Haqiqatan ham til — qalb tarjimonidir. O‘z tilimizning qimmatini anglaganimiz holda o‘zga tillarni o‘rganishga harakat qilamiz. O‘zbek tilining qonuniyatlari yaxshi bilganning boshqa tillarni o‘rganishi oson kechadi. Ha, aslida til o‘rganish ham san’at, ham mahoratdir. 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanar ekan, sana munosabati bilan oliy taʼlim muassasalari xorijiy talabalari oʻrtasida “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilarining bir necha bosqichdan o‘tib, finalga yetib kelishlari oson kechmadi. Xorijlik talaba-yoshlarning o‘zbek tilini nechog‘lik bilishlari siashta bo‘lgan tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar erkin mavzuda chiqishlar bilan qatnashishadi.
G‘oliblar bilan bir qatorda faol ishtirokchilar “Eng yaxshi o‘zbek tili targ‘ibotchisi”, “O‘zbek tili – qalbim g‘ururi”, “Men o‘zbek tilini yaxshi ko‘raman” nominatsiyalari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan e’tirof etildi.
“Eng yaxshi o‘zbek tili targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Termiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi Rasuli Xoliddin g‘olib deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun