Ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi ishchi guruh Termiz shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan bir qator manzillarda ijtimoiy masalalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Jumladan, 335 nafar koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga “Brayl” alifbosidagi qo‘llanmalar bilan kitobxonlikni keng targ’ib etib kelayotgan Termiz shahridagi viloyat koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi faoliyati bilan tanishildi.
“Alpomish” mahallasidagi migratsiya doirasida ishga ketganlar hamda qaytganlar, mehr operatsiyasidan qaytganlar, odam savdosi qurbonlariga alohida e’tibor bilan psixiologik konsultatsiyalar berilib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish bilan shug’ullanib kelayotgan “Barqaror hayot xalqaro ijtimoiy maʼrifat markazi” faoliyati ham e’tibordan chetda qolmadi. Qolaversa, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Termiz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi hamda “Maʼrifat” mahallasida inspektor psixolog bilan IPXMga yoʻnaltirish jarayonlari, Termiz shahar “Ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish” markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi va o‘rganishlar natijasida yanada ish kesimining rivoji uchun xodimlarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun