Muzrabotlik mirishkorlar ham paxta rejasini bajarishdi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani paxtakorlari bilan uchrashib, ularni shartnomaviy rejani bajarganliklari bilan muborakbod etdi. Tumandagi 2 ta klaster va 210 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 9 200 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirilib, 32 338 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi va belgilangan reja 101 foizga bajarildi.

Hozirga qadar terib olingan g‘o‘za maydonlarida o‘rtacha hosildorlik 36-40 sentnerni tashkil etmoqda. Tumandagi “Amirqul bobo”, “Mamedov Ibodulla”, “Salim” va “O‘ngboev Asadbek” fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘rtacha 45-50 sentner hosildorlikka erishildi.

Viloyat rahbari shartnomaviy rejani bajarishga o‘z hissasini qo‘shgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari, ularga yordam bergan korxona va tashkilotlar hamda tumanning barcha mehnatkashlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Mavsumda faollik ko‘rsatgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ilg‘or terimchilar, mexanizatorlar va mehnat faxriylari hamda tuman sektor rahbarlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun