Surxondaryoda sholi o‘rimiga start berildi

Date:

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan Surxondaryo viloyatida yangi yerlar o‘zlashtirilib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, Muzrabot tumanida “SCT cluster sholi” MChJ tomonidan Amudaryo qirg‘oqlaridagi 20,1 ming gektar yer maydoni yangidan foydalanishga kiritilmoqda. Klaster tomonidan joriy yilda 4 ming gektar maydonda sholi yetishtirildi.

Yetishtirilgan sholi o‘rim-yig‘imiga start berilib, tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Xayrli ish oldidan ehson uchun jonliq so‘yilib, yurt tinchligi, yaxshi niyatlar bilan boshlangan ishlar barokatini so‘rab duoga qo‘l ochildi. Shuningdek, sholi o‘rimiga jalb qilingan mexanizator va ishchilarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“SCT cluster sholi” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida joriy yilning o‘zida 600 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, 20 ming tonna sholi yetishtirish, 10 ming tonnadan ortiq guruch mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O‘rim ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida otryadlar tashkil etilib, 60 dona kombayn va 200 ga yaqin yuk tashish texnikalari jalb etilgan.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun