Aholi xabardorligini oshirish maqsadida…

Date:

Ombudsmanga davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan aholining xabardorligini oshirish, barcha sohalarda, jumladan inson huquqi va erkinliklari sohasida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot berish, shuningdek, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan.


Shu maqsadda keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini, xususan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning ahamiyati, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, ijtimoiy himoya masalalarini keng jamoatchilikka yetkazish orqali ularning xabardorligini oshirish maqsadida Ombudsman tomonidan Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi.


Termiz shahar adliya bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Byujetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi mas’ul xodimlari, hokim yordamchilari hamda mahalla faollari va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev so‘zga chiqib, ombudsmanga davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan aholi xabardorligini oshirish, barcha sohalarda, jumladan inson huquqi va erkinliklari sohasida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida nutq so‘zladi.
S.Itolmasova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun