Qari qiz

Date:

– Oq otli shahzodangni kutyapsanmi haliyam?..
– …
– Balki, shu safar rozi bo‘larsan?
– …
– Ee, o‘zing bilasan… Senga gapirdim nima-yu, gapirmadim nima, men ketdim.
Eshik yopildi.
– Oyi, xolam ketdi. Ko‘chaga chiqishni xohlaysizmi? – qiz keksa onasiga termuldi.
– …
– Ha, tushundim. Hozir aravachangizni olib kelaman.

O‘g‘il

To‘y bazmi. Davraga yoshi ulug‘roq bir kishi va mo‘ylovli yigit qo‘shildi. Kosagul «kechikkanlarga shtrafnoy» deb, ikkalasiga aroq uzatdi. Yigit shoshilganicha aroqni sipqorib yuborib, gazakka tarmashdi. Yoshi ulug‘ kishi bir unga, bir qo‘lidagi limmo-lim piyolaga qarab, o‘ylanib qoldi. So‘ng ichmoqqa tutindi.
– Ie, to‘xtang, to‘xtang, − dedi «mo‘ylov» uning qo‘llariga yopishib, — Unaqamas-da endi, sizam ichsangiz, moshinni kim haydab ketadi, dada?!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun