Qizlar bo‘sh kelmadi

Date:

Sport kamtarlik bilan ziynatlangan insonninggina ko‘rkidir. Qaysidir sport turini yovuzlik, zo‘ravonlik ishlatish maqsadida o‘rganib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham sportda trenerlik qiladigan ustoz ana shu jihatlarga e’tibor qaratadi. Sariosiyo tumanidagi 6-umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchi-qizlari ham sportning karate turini o‘rganishar ekan, o‘zlarini chiniqtirish, jismoniy imkoniyatlarini ishga solishni maqsad qildilar. Buni sezgan murabbiylar ham shogirdlarini qo‘llab-quvvatladilar.
Maktabning o‘quvchilari bo‘lmish Mohinur Xudoyorova, Mehriniso Narzullayeva va Shabnam Tursunovalar ham muddati yetib sport musobaqalarida qatnashib, o‘zlarini ko‘rsata boshladilar. Bu safar esa qizlar ilk marta O‘zbekistonda sportning shotakan karate-do turi bo‘yicha o‘tkazilgan 13-jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, Mehriniso Narzullayeva 1 ta oltin, 1 ta bronza medali, Mohinur Xudoyorova 2 ta kumush, 1 ta bronza medali, Shabnam Tursunova Shabnam kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun