Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun…

Date:

O‘zbekiston va Koreya davlati o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Buni yurtimizga kirib kelayotgan texnika, texnologiya mahsulotlaridan, yangidan-yangi loyihalarning tatbiq etilayotganidan ko‘rish, bilish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, koreys davlati ham hamkor davlat bo‘lmish O‘zbekistonga e’tiborsiz emas. Buni Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqa talqinida bilish mumkin.
Ko‘plab sport turlari kabi karate ham Koreyada rivoj topgan. Ular o‘zbek sportchilarining ham karateda nechog‘lik mahoratli ekanini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Yigirmanchi bor tashkil etilgan musobaqada barcha viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan 500 nafar yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqaning kyorugi yo‘nalishida ishtirok etgan Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi a’zosi Sevinch Xayitova ham o‘z mahoati va kuchini namoyish etib, 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun