Ikkinchi mavsumi start oldi

Date:

“Besh tashabbus” olimpiadasi mahalla yoshlarining vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga iqtidor va harakatlarini to‘g‘ri baholash, munosib rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Mahalla yoshlari bilan bir qatorda maktab o‘quvchilarini-da qamrab olayotgan olimpiadaning ikkinchi mavsumiga start berildi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mavsumning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida musobaqa va tanlovlar boshlab yuborildi. O‘quvchi-yoshlar esa faollik ko‘rsatib, o‘zlarini sinab ko‘rdilar. “Besh tashabbus” olimpiadasining ikkinchi mavsumida “Quvnoq startlar”, “Yengil atletika” va “Zakovat” musobaqalari o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z jismoniy mahoratlarini ishga solib, epchilligi va chaqqoligi qay darajada ekanini ko‘rsata oldilar.
Tadbir so‘ngida musobaqada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi va diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun