Quyosh panelidan oyiga 30 million so‘m daromad

Date:

Quyosh panellarining o‘rnatilishi nafaqat elektr energiyasidan beminnat foydalanishni, balki bu orqali daromad topish imkonini bergani bilan ham muhim ahamiyat kasb etayotir. Buning har jihatdan foyda ekanini anglagan yurtdoshlarimiz esa o‘z xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatib olayotgani fikrimiz isbotidir. Angor tumani “Qadimiy Angor” mahallasida yashovchi fuqaro Xasan Begimov ham xonadoniga 50 kVtli kichik quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatib, oyiga 36 million so‘mgacha daromad olishni rejalashtirgan. Bu esa yiliga 432 million so‘mni tashkil etadi degani.
Aytish lozimki, ushbu loyiha qiymati 600 million so‘m bo‘lib, shundan 300 million so‘mini bank krediti tashkil etadi. Xonadon egasining bunday tadbirli qarori va tashabbusi Surxondaryo viloyati hokimining-da e’tiborini tortdi va Angor tumaniga tashrifi chog‘ida Xasan Begimovning xonadonida bo‘lib, muqobil energiya manbalaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishdi. Xonadon egasi quyosh panellari o‘rnatilgan tomorqasidan ham ekin ekib foydalanishini ma’lum qildi.
Viloyat rahbari mas’ullarga aholi o‘rtasida quyosh panellarining iqtisodiy afzalliklari, qulayliklari bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun