Tomchilatib sug‘orishning afzalliklari

Date:

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qishloq xo‘jaligida yangi bosqichni boshlab berdi, ya’ni suv isrofiga chek qo‘yib, unib o‘sayotgan har bir niholga suvni to‘g‘ri taqsimlab, baravj o‘sishini ta’minlab berdi. Shu sababdan ham Jarqo‘rg‘on tumani “Hamkon” hududidagi “Chashmai obi ravon” fermer xo‘jaligining 20 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi tajriba-sinov tariqasida joriy etildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov esa mas’ullar bilan ushbu paxta dalasidagi hosildorlikni ko‘zdan kechirdi. Suv tejovchi texnologiya yordamida kamxarajat va kamharakat bilan suv va o‘g‘itlarni karrasiga tejagan holda paxta yetishtirilgan ushbu maydonda an’anaviy usulda yetishtirilgan paxta unumliroq hosil bergan.
Amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan seminarda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarining afzalliklari, hosildorlikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Qolaversa, mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun