KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI

Date:

Umrini sevgan kasbiga bahshida etish ham jasorat. Buni bir umr sevgan sohasida mehnat qilgan, hurmat-e’tibor qozongan insonlar, mehnat faxriylari yaxshi biladi. Ayniqsa, mehnatingizni munosib baholashsa, rag‘batlantirishsa, bundan ortiq quvonch va iftixor bormikan dunyoda. Sariosiyo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyul «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi PQ-3133-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, farzandlarini komil inson qilib, Vatan ravnaqi uchun tarbiyalab kelgan nuroniy onaxonlar I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishar ekan qalban ana shu hislarni boshlaridan kechirgan bo‘lsa, ajab emas.
Albatta, bu yoshi ulug‘ otaxon-u onaxonlarimizni e’zozlash va qadrlashning amaldagi isbotidir. O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, senator O.Soatov, Sariosiyo tuman hokimi A.Donayev, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi S.Qosimov va mahalla faollari ishtirokida mehnat fariylari bo‘mish marhum Saidova Xolbibi, Sanginova Saitbibi va Nizomiddinova Anvaroylarning xonadonlariga borilib, farzandlarini ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda, jamiyatimizda hurmat qozongan nuroniy onaxonlarimizga I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun