Qozog‘istonda Navoiy haykali qad rostladi

Date:

Alisher Navoiy dahosi haqida gap ketganda ko‘p va ho‘p gapirish mumkin. Bobomizning turkiy va forsiy adabiyotdagi hissasi esa e’tiborga molik. Shu sababdan ham ulug‘ mutafakkirning hayoti va ijodini o‘qiymiz, o‘rganamiz, tadqiq etamiz. Ulug‘ siymo dahosiga tan berib, hurmat bajo keltiramiz. Qozog‘istonning Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi esa qozoq xalqi hurmatining isboti bo‘lsa, bizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Shahar markazida qad rostlagan bobomiz haykalining balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lib, anchayin mahobatli ko‘rinadi. Haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratilgan va Ostona shahrida o‘rnatilgan.
Shuni ham alohida e’tirof etish lozimki, o‘tgan yili O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralari davomida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...

Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi...
KunTun
KunTun