Takliflarning 25 foizi Surxondaryoga to‘g‘ri keldi

Date:

“Tashabbusli byudjet” loyihasining amalga oshirilishi ko‘plab muammo va kamchiliklarga munosib yechim bo‘ldi. Buning uchun shunchaki tashabbus ko‘rsatib, taklif kiritasiz. Taklifingiz yetarli ovoz to‘plasa, loyihangiz amalga oshdi deyavering.
“Tashabbusli byudjet”ning bu yilgi 2-bosqichiga taklif kiritish bosqichi yakunlanib, eng ko‘p takliflar ichki yo‘llar ta’miriga oid ekani aniq bo‘ldi. Bunda esa Surxondaryo aholisining faolligi yanada oshgan. Jami 49 464 ta tashabbusning har to‘rttadan bittasi ayni viloyatimizga to‘g‘ri kelayotgani fikrimiz tasdig‘idir. Viloyatdagi 238 ta mahalladan jami 12 279 ta taklif kelib tushgan. Bu – jami tashabbuslarning 25 foizi degani.
Navbatdagi bosqichga esa ovoz berish 27-avgustdan boshlanadi. G‘olib chiqish uchun endi 1,5 mingta ovoz yetarli. Demak, yuqoridgi fikr va faktlardan keyin surxondaryoliklar bu safar ham bo‘sh kelmasligi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun